2010-yil 25-may, 119-maktab 9-V sinfi bitiruv kunidan beri o'tgan vaqt. Bu sayt bizning do'stlik, ilm va yoshlik yillarimizga bag'ishlangan.
2010-yil 25-may. Biz maktab bilan xayrlashgan kunimiz. Shundan beri yillar o‘tdi. Har birimiz o‘z yo‘limizni tanladik. Manzillar o‘zgardi, hayot o‘zgardi. Lekin bir narsa o‘zgarmadi — sinfimizdagi do‘stlik muhiti va ajoyib xotiralar. O‘sha partalar, o‘sha kulgular, bolalikdagi hayajonlar, birga o‘tgan oddiy, lekin biz uchun qadrli bo'lgan kunlar. Bu sayt — o‘sha yillarni eslash, yana bir bor birlashish, bir-birimizni yo‘qotmaslik va oramizda vafot etgan do'stlarimiz xotirasi uchun yaratilgan. 119-maktab, 2010-yil 25-may. Biz hanuz bir sinf va ajralmas do'stlarmiz.
Toshkent shahar, Olmazor tumani, Nodira ko'chasi, 19